date

Bakaev Karpin chetlatish davridan unumli foydalandi deydi

Bakaev Karpin chetlatish davridan unumli foydalandi deydi

«Lokomotiv» qanot hujumchisi Zelimhan Bakaev Rossiya terma jamoasi xalqaro turnirlardan to'rt yilga chetlatilgan davrda jamoa qanchalik o'zgargani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bakaevning aytishicha, bosh murabbiy Valeriy Karpin bu vaqt oralig'idan juda samarali foydalanib, ko'plab futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. «Qaytganimizda bizda shakllangan asosiy tarkib yadrosi bo'ladi. Uning mehnati samarasini ko'ramiz», — deya Bakaev so'zlarini «Chempionat» keltirdi.

Valeriy Karpin 2021 yildan beri Rossiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 30 ta uchrashuv o'tkazib, 20 g'alaba qayd etdi, 8 marta durang o'ynadi va 2 bor mag'lub bo'ldi.

29 yoshli Bakaev terma jamoa safida 16 o'yinda maydonga tushgan. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bakaev Karpin chetlatish davridan unumli foydalandi deydi