date

Tottenxem Tudor bilan ikki haftada xayrlashishi mumkin

Tottenxem Tudor bilan ikki haftada xayrlashishi mumkin

«Tottenxem» bosh murabbiyi Igor Tudorning Londondagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Indykaila News xabariga ko‘ra, klub yaqin o‘yinlarda vaziyat o‘nglanmasa, xorvatiyalik mutaxassisni iste’foga chiqarish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. «Shporlar» rahbariyatida uning o‘rniga muqobil nomzodlar ham bor. Klub APLdan tushib ketish xavfi kuchayib borayotganidan jiddiy xavotirda.

Igor Tudor 14 fevral kuni «Tottenxem»ni qabul qilib, mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi. Uning qo‘l ostida jamoa hozircha bir uchrashuv o‘tkazdi — uyda «Arsenal»ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ayni paytda «Tottenxem» APL turnir jadvalida 27 turdan so‘ng 29 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenxem Tudor bilan ikki haftada xayrlashishi mumkin