date

UYEFA Prestianinni o'yindan chetlatish bo'yicha qaror chiqardi

UYEFA Prestianinni o'yindan chetlatish bo'yicha qaror chiqardi

UYEFA "Benfika" himoyachisi Djanluka Prestianining Yevropa Chempionlar ligasi 1/16 final javob uchrashuvida o'ynay olmasligi haqidagi diskvalifikatsiya bo'yicha shikoyatini qanoatlantirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq futbolchi "Real" hujumchisi Vinisius tomonidan irqi kamsitish bilan bog'liq ayblovlar yangraganidan so'ng o'yindan chetlatilgandi.

UYEFA matbuot xizmati bayonotiga ko'ra, apellyatsiya organi "Benfika" tomonidan kiritilgan murojaatni rad etish haqida qaror qabul qilgan.

Shu tariqa Prestianini Madridda bo'lib o'tadigan bahsni o'tkazib yuboradi. Uchrashuv bugun, 25 fevral kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Jamoalarning ilk o'yinida "Benfika" o'z maydonida "Real"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » UYEFA Prestianinni o'yindan chetlatish bo'yicha qaror chiqardi