Bernardu Silva mavsumdan so'ng Benfikaga qaytishi mumkin

Bernardu Silva joriy mavsum yakunlanganidan keyin "Manchester Siti"ni tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Topskills Sports UK xabariga ko'ra, "shaharliklar" portugaliyalik yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Shu bois 31 yoshli futbolchi yozda erkin agentga aylanishi kutilmoqda. Uning xizmatlariga "Benfika" qiziqish bildirmoqda va "burgutlar" futbolchi vakillari bilan ehtimoliy qaytish bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Vaziyatni "Barselona", "PSJ", "Yuventus" hamda "Galatasaroy" ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Bernardu Silva 2017 yilda "Monako"dan "Manchester Siti"ga 50 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Bu mavsum u barcha musobaqalarda 36 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi. Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi "Benfika" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!