Real Arda Gyulerni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi

Madridning «Real» klubi ijtimoiy tarmoqlarda bayramona murojaat bilan chiqdi. Jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler bugun 21 yoshga to'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Tug'ilgan kuning bilan, Arda Gyuler!» — deyiladi «Real» matbuot xizmati xabarida.
Gyuler «Real» safiga 2023 yil yozida qo'shilgan. Shundan beri u 99 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol va 23 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
«Real» bugun kechqurun Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi uy uchrashuvini o'tkazadi. O'tgan hafta Lissabondagi birinchi o'yinda «qaymoqranglilar» 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing