Inter Esposito bo'yicha Arsenal va MYUga rad javobini berdi

Milanning «Inter» klubi hujumchisi Franchesko Pio Esposito Angliya Premyer-ligasi vakillarining e’tiborini tortdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini «Arsenal» hamda «Manchester Yunayted» o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, biroq «neradzurrilar» bu takliflarni rad etgan. Jurnalist Nikolo Skira xabar berishicha, bosh murabbiy Kristian Kivu va sport direktori Piero Auzilio Espositoni katta salohiyat egasi deb biladi va u bo‘yicha kelishuvlarni ko‘rib chiqmoqchi emas.
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, iqtidorli italiyalik futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda Esposito «Inter» safida barcha turnirlarda 35 o‘yinda 7 ta gol urib, 6 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing