date

Pol Skoulz Arsenalga qarshi Chelsi g'alabasini kutmoqda

Pol Skoulz Arsenalga qarshi Chelsi g'alabasini kutmoqda

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz APLning 28-turida bo'lib o'tadigan “Arsenal” — “Chelsi” uchrashuvi oldidan o'z taxminlarini bildirdi. London derbisi 1 mart kuni “Emirates” stadionida o'tkaziladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Skoulz bu bahsda “Chelsi”ga ustunlik bermoqda. Uning fikricha, o'yin juda ehtiyotkor ruhda o'tib, hatto 0:0 hisobida ham yakunlanishi mumkin. “Men ‘Chelsi’ g'alabasiga pul tikaman. Nazdimda, durang yoki ‘Chelsi’ yutadi”, — dedi u The Overlap'ga.

Hozirda “Arsenal” Angliya chempionati jadvalida 61 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. “Chelsi” esa 45 ochko jamg'argan holda beshinchi pog'onani egallagan. Jamoalar joriy mavsumda Liga kubogi yarim finalida ham to'qnash kelgan: “Stemford Brij”dagi ilk o'yinda “Arsenal” 3:2 hisobida zafar quchgan, “Emirates”dagi javob bahsida esa “kanonirlar” 1:0 hisobida g'alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pol Skoulz Arsenalga qarshi Chelsi g'alabasini kutmoqda