Emil Heski Delapga Ipsvichga qaytishni tavsiya qildi

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Emil Heski «Chelsi» forvardi Liam Delapning hozirgi holati va kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Heski fikricha, agar «Ipsvich» mavsum yakunida APLga chiqsa, Delap uchun eski klubiga qaytish juda to‘g‘ri qadam bo‘lishi mumkin. Uning aytishicha, muxlislar Delapni yaxshi taniydi, futbolchi ham klub muhitiga moslashgan va u yerda eng yaxshi formasiga qaytishi uchun yetarli vaqt berilishi ehtimoli yuqori.
Ma’lumot uchun, Liam Delap 2025 yilda «Ipsvich»dan «Chelsi»ga 35 million yevro evaziga o‘tgandi. Hujumchining londonliklar bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 25 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!