Mark Giu o'yin amaliyoti kamligi uchun Chelsidan ketmoqchi

Mark Giu o'yin amaliyoti kamligi uchun Chelsidan ketmoqchi

Chelsi” hujumchisi Mark Giu klub rahbariyatiga murojaat qilib, yozgi transfer oynasida jamoani tark etish istagini bildirdi. Futbolchi muntazam o'yin amaliyoti yetishmayotganini asosiy sabab sifatida ko'rsatgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Giu o'tgan yil avgustida “Chelsi”dan “Sanderlend”ga ijara asosida o'tgandi. Biroq 26 kundan so'ng, Liam Delap jarohat olganidan keyin, londonliklar uni muddatidan oldin qaytarib oldi.

Joriy mavsumda 20 yoshli hujumchi Angliya Premyer-ligasida 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo atigi bir bor asosiy tarkibda o'yinni boshlagan. Ushbu o'yinlarda Giu o'z hisobiga 1 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Mark Giuning bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar