date

Holan Gvardiola qo'l ostida ishlayotganidan mamnun

Holan Gvardiola qo'l ostida ishlayotganidan mamnun

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holan jamoada Xosep Gvardiola bilan ishlash jarayoni haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Norvegiyalik futbolchi atrofidagi ijobiy muhitni faqat do'stlari va yaqinlari bilan cheklamasligini aytib, klub ichida ham ko'plab yaxshi insonlar borligini ta'kidladi. Holan uning va jamoadoshlarining har kuni oldinga intilishida Gvardiolaning roli katta ekanini qayd etdi.

“Pep bilan uch yarim yildan beri birga ishlayapman. Bu davr ajoyib o'tdi. Kelajakda nima bo'lishidan qat'i nazar, baribir rivojlanishda davom etishimiz kerak. Men ham o'zimni va atrofdagilarni yanada yaxshiroq bo'lishga undashim lozim”, — dedi Holan. Uning so'zlarini TNT'ga tayanib City Xtra keltirdi.

"Manchester Siti" navbatdagi uchrashuvini 28 fevral kuni safarda "Lids"ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Holan Gvardiola qo'l ostida ishlayotganidan mamnun