Tottenhem Din Hendersonga qiziqish bildirmoqda

Tottenhem Din Hendersonga qiziqish bildirmoqda

Kristal Pelas” darvozaboni Din Hendersonga “Tottenhem” tomonidan qiziqish kuchaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Shporlar” Gulelmo Vikario jamoada qolmasligi mumkinligini inobatga olib, italiyalik posbon o‘rniga variantlar izlamoqda. Football Insider xabariga ko‘ra, londonliklar Hendersonga nomzodlar ro‘yxatidan joy ajratgan. Biroq “burgutlar” 28 yoshli darvozabonni qo‘yib yuborishni istamayapti va u bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Henderson “Manchester Yunayted”dan “Kristal Pelas”ga 2023 yil yozida o‘tgandi. Uning amaldagi kelishuvi 2028 yilgacha mo‘ljallangan, Transfermarkt bahosiga ko‘ra futbolchining transfer qiymati 28 mln yevroni tashkil etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar