Ispaniya va Argentina o'rtasidagi Finalissima chiptalari tugadi

Oradan bir oy o'tib, 27 mart kuni Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari «Finalissima»da to'qnash keladi — Yevropa chempioni va jahon chempioni o'rtasidagi superfinal Qatar poytaxti Doxada o'tkaziladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvga bo'lgan qiziqish nihoyatda yuqori: 88 966 ta chipta atigi bir necha soat ichida sotilib ketdi. Tomoshabinlar Lionel Messi va Lamin Yamalning maydondagi dueli uchun ayniqsa katta qiziqish bildirmoqda.
O'yin bo'lib o'tadigan stadion ham ramziy ahamiyatga ega — aynan shu arenada argentinaliklar jahon chempionati finalida fransuzlarni mag'lub etgan edi.
Eslatib o'tamiz, yozda navbatdagi jahon chempionati start oladi: musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi va unda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!