Benfika himoyachisi Vinisiusdan futbolka so‘ragani uchun uzr so‘radi

«Benfika»ning o‘ng qanot himoyachisi Sidni Lopesh Kabral Chempionlar ligasida Madridning «Real»iga qarshi o‘yindan keyin Vinisius Junyordan futbolka almashishni so‘ramoqchi bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchi bu niyatini braziliyalik yulduzga aytishga ham ulgurgan, biroq klub ichida buni noto‘g‘ri qabul qilishlari mumkinligini anglagach, fikridan qaytgan. Record xabariga ko‘ra, Kabral hatto jamoadoshlaridan bu holat uchun uzr so‘rashiga to‘g‘ri kelgan.
Javob uchrashuvida «qaymoqranglilar» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, hal qiluvchi gol esa Vinisius hisobiga yozildi. O‘tgan haftada Lissabonda o‘tgan ilk bahsda ham yagona gol muallifi aynan u bo‘lgan, ammo o‘sha o‘yinda Vinisiusning nishonlash uslubi va u Janluka Prestyannini irqchilik haqoratida ayblagani ko‘proq muhokama qilingandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!