date

Xuan Mata Karriqning Man Yunayteddagi ishini maqtab gapirdi

Xuan Mata Karriqning Man Yunayteddagi ishini maqtab gapirdi

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Xuan Mata jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Maykl Karriqning faoliyati haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Angliyalik mutaxassis yanvar oyida lavozimga kelib, ishdan bo'shatilgan Ruben Amorim o'rnini egallagan. Shundan beri «qizil iblislar» oltita uchrashuvning beshtasida g'alaba qozondi.

«Karriq juda iqtidorli va aqlli yigit, futbolni chin dildan sevadi. Uning «Manchester Yunayted»da natija ko'rsatayotganidan xursandman. Men uni inson sifatida juda hurmat qilaman: u ajoyib jamoadosh bo'lgan, doim yordam bergan. Maykl futbolchilar bilan tez til topisha oladi. Hozir «Yunayted» o'yinlarini zavq bilan tomosha qilyapman», — deya Mataning so'zlarini talkSPORT keltiradi.

Maykl Karriqning amaldagi shartnomasi mavsum yakunigacha mo'ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xuan Mata Karriqning Man Yunayteddagi ishini maqtab gapirdi