Rossiya terma jamoasi 2026 yilgi ilk raqibini e'lon qildi

Mart oyi oxirida Rossiya terma jamoasi BetBoom do'stona uchrashuvida Nikaragua terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Valeriy Karpin boshqaruvidagi jamoa 2026 yildagi birinchi nazorat bahsini 27 mart kuni Krasnodarda o'tkazadi. Uchrashuv 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi oxirgi o'yinini o'tgan yil noyabrida o'tkazib, Chiliga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. 2025 yil davomida rossiyaliklar 10 ta uchrashuvda 6 g'alaba qayd etdi, 3 marta durang o'ynadi va 1 bor mag'lub bo'ldi. To'plar nisbati — 25:7.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing