Rudjerri Kavaniga futbolni yakunlashni maslahat berdi

Urugvaylik hujumchi Edinson Kavani Argentinada qiyin davrni boshdan kechirmoqda. «Boka Xuniors» muxlislari uni tez-tez hushtakbozlik bilan kutib olmoqda, futbolchining maydondagi vaqti esa kamayib boryapti — u ba’zan umuman o‘ynamayapti yoki uchrashuv yakuniga yetmasdan almashtirilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentinalik sobiq futbol yulduzi Oskar Rudjerri Kavaniga bo‘lgan bunday munosabatni haqoratli deb baholadi. Uning fikricha, shunday tajriba va obro‘ga ega futbolchi uchun bu holat qabul qilib bo‘lmaydi va eng to‘g‘ri yo‘l — faoliyatini yakunlash.
«Bunday tarjimai holga ega o‘yinchi uchun bu haqorat. Shunaqa bo‘lishi mumkin emas, yaxshisi futbolni yakunlagan ma’qul», — deya Rudjerri so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Ma’lumot uchun, Kavani avvalroq «Napoli», «PSJ» hamda «Manchester Yunayted» kabi klublarda to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!