date

Real Rodrini sotib olish haqida jiddiy o'ylamoqda

Real Rodrini sotib olish haqida jiddiy o'ylamoqda

OAV “Real”ni yana “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri bilan bog'lamoqda. Jurnalist Ramon Alvares de Mon ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, madridliklar ispan futbolchisini jamoada ko'rishni istaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” Rodrining jismoniy holatini jahon chempionati oldidan sinchiklab baholamoqchi.

Taxminlarga qaraganda, Rodrining “Manchester Siti”dan “Real”ga ko'chishi madridliklarga qariyb 50 million yevroga tushishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Rodri 2024 yilda “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan. Qiziq tomoni, o'shanda “Real” marosimni boykot qilib, sovrin ularning futbolchisiga berilishi kerak deb hisoblagan edi.

Rodri iyun oyida 30 yoshga to'ladi. Yarim himoyachining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Rodrini sotib olish haqida jiddiy o'ylamoqda