date

Luis Enrike Safonovni yuqori saviyali darvozabon deb atadi

Luis Enrike Safonovni yuqori saviyali darvozabon deb atadi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa darvozaboni Matvey Safonov haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Safonovni yuqori darajadagi golkiper va milliy terma jamoa futbolchisi sifatida ta’rifladi. Enrikening aytishicha, murabbiylar shtabi Safonovning oyoqda yaxshi o‘ynashi, jismonan baquvvatligi va jasoratini qadrlaydi. Murabbiy Matvey klubning o‘yin falsafasiga juda mos kelishini ta’kidladi.

Shuningdek, Enrike Safonov start tarkibida maydonga tushganida ham, zaxirada qolgan paytlarida ham doimo yuqori saviyada o‘ynay olishini ko‘rsatganini qayd etdi. U qo‘l ostida uch nafar kuchli darvozabon borligidan mamnun ekanini ham aytib o‘tdi.

Joriy mavsumda 27 yoshli Safonov Fransiya chempionatida 6 uchrashuvda qatnashib, 6 gol o‘tkazdi va 3 o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Yevropa Chempionlar Ligasida esa u 4 bahsda maydonga tushib, 5 gol o‘tkazgan, 1 uchrashuvni “nol” bilan yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike Safonovni yuqori saviyali darvozabon deb atadi