date

Karrik Maguayrni jamoa uchun muhim figura deb atadi

Karrik Maguayrni jamoa uchun muhim figura deb atadi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik himoyachi Garri Maguayr haqida iliq fikrlar bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karrikning aytishicha, Maguayr kuchli xarakterga ega va allaqachon salmoqli faoliyat yo'lini bosib o'tgan futbolchi. Murabbiy uning tajribasi va sifatlari jamoa ichida kim ekani hamda nimalarga qodirligini yaqqol ko'rsatishini ta'kidladi.

Shuningdek, Karrik so'nggi uchrashuvda Maguayr o'zini juda yaxshi tomondan ko'rsatganini, uning tajribasi, mahorati va xarakteri jamoaga katta yordam berganini aytdi. Murabbiy himoyachi har doim bor kuchini berishga tayyor ekani, shu sabab u klub uchun nihoyatda muhim ekanini qo'shimcha qildi.

"Manchester Yunayted" 1 mart kuni APL doirasida o'z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karrik Maguayrni jamoa uchun muhim figura deb atadi