date

Rosenyor Chelsi natijasidan mamnun ammo undan ko'prog'ini kutmoqda

Rosenyor Chelsi natijasidan mamnun ammo undan ko'prog'ini kutmoqda

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor Opta superkompyuteri jamoani mavsumning eng og'ir bo'lagi kutayotgani haqidagi taxminlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis har bir o'yinni alohida ko'rib chiqishini ta'kidladi: uning fikricha, APLda har hafta sinov, shu bois bir uchrashuvni boshqasidan og'irroq deb baholamaydi. Rosenyor tarkibdan va jamoaning hozirgi o'yinidan qoniqayotganini aytdi.

Murabbiy natijalar bo'yicha ham fikr bildirdi: «12 ta o'yinning 8 tasida g'alaba qozondik, ammo ideal holatda 10 ta uchrashuvda yutishimiz kerak edi. Bu yomon emas». Shuningdek, u futbolchilar jismonan ham, ruhan ham imkon qadar tetik bo'lishi muhimligini qo'shib, mashg'ulotlarda jamoa yaxshi ko'ringanini qayd etdi.

«Chelsi» 1 mart, yakshanba kuni «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rosenyor Chelsi natijasidan mamnun ammo undan ko'prog'ini kutmoqda