Kurt Zuma BAAning Al-Vasl klubi bilan shartnoma imzoladi

Londonning «Chelsi» klubida to‘p surgan sobiq markaziy himoyachi Kurt Zuma Ruminiya chempionatidagi faoliyatidan ko‘ngli to‘lmay, «Kluj» safini olti oydan so‘ng tark etdi. Futbolchining navbatdagi manzili Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Vasl» jamoasi bo‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Al-Vasl» sport direktori Erik Abidal muzokaralarda muhim rol o‘ynadi va Zuma «gepardlar» safiga qo‘shilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Ta’kidlash joiz, fransuz himoyachi yaqinda ham Yaqin Sharqda o‘ynagan — o‘tgan mavsumda Saudiya Arabistonining «Al-Oroba» klubida ijara asosida harakat qilgandi.
Zuma uzoq vaqt o‘ynagan «Vest Hem» keyinchalik u bilan shartnomani bekor qilgan, shundan so‘ng futbolchi Ruminiyaning Kluj-Napoka shahridagi «Kluj»ga kelgandi. Biroq bu hamkorlik atigi yarim yil davom etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!