Di Mariya Manchester Yunayteddagi davrni dahshat deb atadi

Argentina hujumchisi Anxel di Mariya futbol olamida iqtidorli o'yinchi sifatida tanilgan bo'lsa-da, faoliyatining ayrim bosqichlarida uning imkoniyatlari yetarlicha qadrlanmagan. Futbolchi "Manchester Yunayted"dagi davrini eslar ekan, Lui van Gal qo'l ostida o'ynash uning uchun juda og'ir kechganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Di Mariyaning ta'kidlashicha, u gollar urib, jamoadoshlariga assistlar ham berib turgan, biroq van Gal uni deyarli maqtamagan. Murabbiy asosan futbolchining xatolarini muhokama qilgan, bir o'yinda bir martadan ko'p xatoga yo'l qo'yilsa, uchrashuvni omadsiz deb baholagan. Di Mariyaning so'zlariga ko'ra, bunday munosabat oxir-oqibat uning o'ziga bo'lgan ishonchini pasaytirgan.
Hozir di Mariya Argentina chempionatida to'p surmoqda. 2022 yilda jahon chempioni bo'lgani esa, futbolchining o'ziga ishonchini qayta tiklashiga katta turtki bergani taxmin qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!