Ueyn Runi o‘zi o‘ynagan eng afsonaviy stadionni aytdi

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi faoliyati davomida maydonga tushgan eng unutilmas stadion qaysi ekanini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik futbolchi karerasining katta qismini “Old Trafford”da o‘tkazgan bo‘lsa-da, raqib maydonlari orasida Madridning “Real” klubi uy arenasi — “Santyago Bernabeu”ni alohida ajratdi.
“Men o‘ynagan eng kult stadion? Menimcha, ‘Santyago Bernabeu’. Ehtimol, bu 2013 yilda ‘Real’ga qarshi o‘yin bo‘lgan”, — deya Runining so‘zlarini Madrid Xtra keltiradi. Runi 2021 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
2012/13 yilgi Chempionlar ligasi 1/8 finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Real” “qizil iblislar”ni umumiy 3:2 hisobida mag‘lub etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing