Luis Enrike PSJga Lansdan oldinda qolish oson emas dedi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike 2025/2026 yilgi Fransiya chempionatida chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 turdan so‘ng parijliklar 54 ochko bilan jadval peshqadami bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi «Lans» PSJdan atigi bir ochko ortda bormoqda, parijliklarning esa yana bitta o‘yini zaxirada.
«Lans» hozir juda yaxshi formaga kirgan. Bunday darajadagi jamoa bilan ligada raqobat qilish bizni yanada ruhlantiradi. Ular bizga juda yaqin kelib qolgan, shu sababli mavsumni ulardan yuqorida yakunlash oson bo‘lmaydi», — deya Enrikening so‘zlarini PSJ matbuot xizmati keltirdi.
Enrike jamoasi navbatdagi uchrashuvni 28 fevral kuni safarda «Gavr»ga qarshi o‘tkazadi. Avvalroq ispan mutaxassisi Matvey Safonovni top darajadagi darvozabon deb atagandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!