date

Manchester Siti Vinisius transferi bo'yicha harakatga tayyor

Manchester Siti Vinisius transferi bo'yicha harakatga tayyor

Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Marca nashrining yozishicha, futbolchiga «Manchester Siti» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, ingliz grandi braziliyalik vingerning «Real»dagi holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda. «Shaharliklar» zarur sharoit yuzaga kelsa, ehtimoliy transfer bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor.

Vinisiusning transfer narxi hozirda 150 million yevroga baholanmoqda. Uning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda Vinisius «Real» safida 37 uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 11 ta assist qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti Vinisius transferi bo'yicha harakatga tayyor