Mali bosh murabbiyi Rossiyaga eng kuchli tarkib bilan kelmoqchi

Mali terma jamoasi bosh murabbiyi Tom Saintfit Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida imkon qadar kuchli tarkibni maydonga tushirish niyatida ekanini aytdi. BetBoom doirasidagi bahs 31 mart kuni Sankt-Peterburgdagi stadionda bo'lib o'tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, barcha futbolchilar yig'inga yetib kelishi noma'lum, biroq Mali AFK (Afrika Millatlar kubogi)da o'ynagan tarkibga yaqin jamoani olib kelishni rejalashtirmoqda. U ehtimoliy tarkibdan Iv Bissuma, El-Bilal Ture, Nene Dorgeles, Kamori Dumbiya, Lassine Sinayoko va Natan Gassamani tilga oldi.
FIFA reytingida Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya 36-o'rinda, Mali esa 54-pog'onada joylashgan. Ushbu terma jamoalar avval hech qachon o'zaro uchrashmagan. Mart oyida rossiyaliklar Mali bilan birga Nikaragua terma jamoasiga qarshi ham maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!