Petr Chex xokkeyda ham APLdagi hayajonni his qilmoqda

Chexiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Petr Chex futbolchilik faoliyatini yakunlagach, sportdagi yana bir ishtiyoqi — xokkey haqida gapirdi. U so‘nggi yillarda Buyuk Britaniya xokkey chempionatida bir nechta jamoalar safida to‘p surib, o‘zini mutlaqo boshqa muhitda sinab ko‘rmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chexning ta’kidlashicha, 20 yilini futbolga bag‘ishlaganidan keyin sportning boshqa qirrasini his qilish uning uchun juda qiziqarli tajriba bo‘lgan. The Telegraph nashri keltirgan fikrlarga ko‘ra, u boshqa sport turida ham xuddi shunday raqobat va mas’uliyatni his qilayotgani, bu chaqiriq esa nihoyatda hayajonli ekanini aytgan.
“Men APLda o‘ynagandagi kabi hayajonni sezaman. Albatta, bu yerda tikilgan narsa unchalik katta emas, lekin men baribir mashg‘ulot qilaman va o‘ynayman. Qanday ish qilsam, uni imkon qadar eng yuqori darajada bajarishni xohlayman”, — deya qo‘shimcha qilgan Chex.
Petr Chex futbolchilik davrida “Chelsi” bilan birga Londonning “Arsenal” klubida ham o‘ynagan. Shuningdek, u faoliyati davomida “Renn” va Pragadan “Sparta” safida ham maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!