Arne Slot Vest Hemga qarshi tanaffusdagi 3:0 ni adolatli demadi

APLning 28-turida “Liverpul” “Vest Hem”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi “qizillar” foydasiga 3:0 natija bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bosh murabbiy Arne Slot o‘yindan keyin Sky Sports’ga bergan intervyusida jamoa tanaffusga qadar uch to‘p farqi bilan oldinda bo‘lishiga to‘liq haqli bo‘lmaganini ta’kidladi. Uning aytishicha, gollarning uchtasi standart vaziyatlardan urilgan, hatto Gakponing goli ham standartdan keyingi vaziyat davomida yuzaga kelgan.
Slot mavsum davomida standartlardan gol urishda ancha qiynalishganini, ammo jamoa o‘z imkoniyatlariga ishonganini qo‘shimcha qildi. Murabbiy fikricha, hozir aynan o‘sha mehnat natijasi ko‘rinmoqda.
Ushbu g‘alabadan keyin “Liverpul” 48 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. “Vest Hem” esa 25 ochko bilan 18-pog‘onada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!