Karrik MYU o'yinini baholadi mukammallik bo'lmaydi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoaning hozirgi o'yini va natijalaridan qay darajada qoniqayotganini aytib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yanvarda ishdan olingan Ruben Amorim o'rnini egallagan ingliz mutaxassisi qo'l ostida "qizil iblislar" olti uchrashuvning beshtasida g'alaba qozondi.
"Kristal Pelas"ga qarshi bahs arafasida jurnalistlar Karrikdan jamoa o'yini uning kutganiga to'liq mos kelayotgan-kelmayotganini so'radi.
"Hech qachon hammasi ideal bo'lmaydi — har doim yanada yaxshiroq bo'lishini istaysan. Ba'zan rejalar a'lo ishlaydi, ba'zan esa unchalik emas. Ayrim detallar bo'yicha haddan tashqari talabchan bo'lish kerak emas. Biz uchun oldinga qadam tashlash va umumiy manzarani ko'rish muhim. O'ylaymanki, vaziyatimiz yaxshi, sezilarli o'sish bor, lekin ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar ham yetarli", — dedi Karrik matbuot anjumanida.
"MYU" bugungi uchrashuvda g'alaba qozonsa, APL turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tariladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!