Kovach Bavariyaga 2:3 hisobidagi maglubiyatdan so'ng fikr bildirdi

Kovach Bavariyaga 2:3 hisobidagi maglubiyatdan so'ng fikr bildirdi

Germaniya chempionatining 24-turidagi markaziy uchrashuvda Dortmundning “Borussiya” jamoasi Myunxenning “Bavariya”siga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yindan keyin “ariqlar” bosh murabbiyi Niko Kovach natija yuzasidan o'z munosabatini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, Chempionlar ligasidan chiqib ketganiga qaramay, jamoa munosib o'yin namoyish etgan. Kovach futbolchilar xarakter ko'rsatganini aytib, biroz omad ular tomonida bo'lganida, hech bo'lmaganda durangga erishish mumkinligini qo'shimcha qildi. Biroq yakunda raqib futbolchilarining mahorati uchrashuv taqdirini hal qilgan.

Ushbu g'alabadan so'ng “Bavariya” “Borussiya”dan ochkolar bo'yicha ustunligini 11 taga yetkazdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar