PSJ g‘alabasidan so‘ng Zabarniy o‘yinni qiyin deb baholadi

Fransiyaning «PSJ» klubida to‘p surayotgan markaziy himoyachi Ilya Zabarniy Liga 1ning 24-turida safarda «Gavr» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan keyin fikr bildirdi. Parijliklarga uch ochkoni Barkolaning yagona goli taqdim etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Zabarniy uchrashuv oson kechmaganini ta’kidlab, bu maydonda har doim kurash qiyin bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng muhimi — «PSJ» uch ochkoni qo‘lga kiritdi va jamoa hozir har bir o‘yinga alohida e’tibor qaratmoqda.
Luis Enrike shogirdlari 57 ochko jamg‘arib, Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi. Parij klubi ikkinchi o‘rindagi «Lens»dan bir ochkoga oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing