Ronalduning jarohati bo'yicha yangi ma'lumotlar tarqaldi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu shanba kuni "Al-Feyha"ga qarshi o'yinda majburan almashtirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi. 41 yoshli forvard bu safar gol ura olmadi, 11-daqiqada penalti imkoniyatidan ham foydalana bilmadi. O'yin oxiriga kelib esa yulduzli veteran maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
Al Nassr Zone saudiyalik OAVga tayanib xabar berishicha, Ronaldu sonning orqa qismidagi pay (hamstring)ni shikastlagan. Agar oddiy cho'zilish bo'lsa, tiklanish 3–5 kun davom etadi. Eng yomon holatda mushak uzilishi aniqlansa, futbolchi ikki hafta yoki undan ko'proq muddatga safdan chiqishi mumkin.
Joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 22 o'yinda 21 ta gol urishga ulgurdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing