Guberniyev JCh 2026 AQShdan Zlatoustga ko'chishini hazillashdi

Sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati Shimoliy Amerikadan ko'chirilishi mumkinligi haqidagi gaplarga kinoya va hazil aralash munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
U ijtimoiy tarmoqlarda: «Sezyapman, futbol bo'yicha jahon chempionatini AQShdan Zlatoustga ko'chirishadi... Hammasi shunga qarab ketayotgandek!» deya yozdi.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Zlatoust shahrida biatlon bo'yicha Rossiya kubogi bosqichi o'tkazilmoqda.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Musobaqada 48 ta milliy terma jamoa qatnashadi.
Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. 2022 yilgi mundial finalida «albiseleste» fransuzlarni mag'lub etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!