Glasner Old Trafforddagi uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqda

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner Angliya chempionatining 28-turida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Uchrashuv 1 mart kuni 19:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bundan avval "burgutlar" Bosniyaning "Zrinyski" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etib, Konferensiyalar ligasining keyingi bosqichiga yo'l oldi. Bu natija "Kristal Pelas" uchun ketma-ket ikkinchi o'yin bo'lib, jamoa darvozasi daxlsiz qoldi.
Glasner "Old Trafford"dagi bahsni alohida hayajon bilan kutayotganini ta'kidladi. U o'sha stadionda 2:0 hisobidagi g'alabani yaxshi xotira sifatida esladi va Lakrua qisqa muddatda ketma-ket ikki o'yinda maydonga tushishga tayyormi, degan savolga aniq javob bera olmasligini, biroq uning so'nggi uchrashuvdagi goli ruhiy jihatdan yordam berishiga umid qilishini aytdi.
Mutaxassisning fikricha, navbatdagi to'qnashuv avvalgisidan farq qiladi. U raqibning hozirgi holatini yuqori baholab, jamoa Maykl Karrik qo'l ostida so'nggi 6 o'yinning 5 tasida g'alaba qozonganini eslatdi hamda "Manchester Yunayted"da muvozanat va jamoaviy ruh yuqori ekanini qayd etdi.
Hozirda "Kristal Pelas" 35 ochko bilan 13-o'rinda bormoqda. "Manchester Yunayted" esa 48 ochko bilan 4-pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!