Arteta Edego'r nima sababdan tarkibga kiritilmaganini aytdi

Yakshanba kuni APL doirasida «Arsenal» o'z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi. Uchrashuv uchun berilgan qaydnomada Martin Edego'r ko'rinmadi, Kay Haverts esa o'yinni zaxirada boshladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vaziyat yuzasidan bosh murabbiy Mikel Arteta izoh berdi. Uning so'zlariga ko'ra, Haverts mashg'ulotlarda o'zini juda yaxshi ko'rsatgan, formasi joyida va maydonga tushishga tayyor.
Edego'rga kelsak, Arteta norvegiyalik futbolchi tizzasidagi jarohatdan keyin hanuz to'liq qulaylikni his qilmayotganini ta'kidladi. Shuning uchun murabbiylar shtabi ortiqcha tavakkal qilmaslikka qaror qilgan.
«Arsenal» hozirda chempionat peshqadami bo'lib turibdi. «Arsenal» — «Chelsi» bahsini matnli onlayn translatsiya orqali kuzatish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing