Manchester Siti Abduqodir Husanovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

«Manchester Siti» ijtimoiy tarmoqlarda Abduqodir Husanovga bag‘ishlangan post e’lon qildi. Angliyaning top-klubi himoyachini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Husanov 2004 yil 29 fevral kuni dunyoga kelgan, biroq bu yil kabisa yili bo‘lmagani uchun sana taqvimda yo‘q. Shu sababli u tug‘ilgan kunini 1 mart kuni nishonlamoqda.
«Tug‘ilgan kuning bilan, Abduqodir Husanov!» — deyiladi «shaharliklar»ning tabrigida. Keyinroq klub mashg‘ulotlardan olingan Husanovning bir nechta suratlarini ham ulashib, «Bugungi kun qahramoni!» deya yozib qoldirdi.
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» safiga 2025 yil yanvarida kelib qo‘shilgan. Shundan buyon u 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Shuningdek, jamoa hujumchisi Holann ham Husanovga hazil aralash murojaat qilib: «5 yosh bilan!» — deb yozdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!