Arsenal APLda standartlardan gol urish rekordini yangiladi

Londonning «Arsenal» jamoasi APLning yakshanbadagi markaziy uchrashuvida «Chelsi»ni mag‘lub etdi. Bahs davomida «kanonirlar» yana standart vaziyatdan, aniqrog‘i burchak zarbasidan so‘ng gol urishga erishdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Joriy mavsumda «Arsenal» burchak zarbalaridan keyin kamida 16 ta gol muallifiga aylangan. Bu ko‘rsatkich APL tarixidagi eng yuqori natijalardan birini takrorladi.
Hozircha bu rekord «Arsenal» bilan birga yana uch klubga ham tegishli: «Oldhem» (1992/93), «Vest Bromvich» (2016/17) hamda «Arsenal»ning 2023/24 mavsumdagi natijasi. Navbatdagi burchakdan uriladigan gol esa «Arsenal»ni bu ko‘rsatkich bo‘yicha APLda yagona yetakchi va rekordchiga aylantirishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing