Sevilya derbida Betisdan ikki gol ortini qaytardi

Ispaniya chempionatining 26-turida Sevilla derbisi tomoshabinlarga boy voqealarga to‘la o‘yin taqdim etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Betis hisobni ochdi: Xuan Ernandesning zarbasidan so‘ng to‘p himoyachiga tegib qaytdi, Antoni esa qaytgan to‘pni darvozaga joyladi. Birinchi bo‘lim oxirlarida Abde Ez vaziyat yaratib berdi va Alvaro Fidalgo aniq zarba bilan farqni ikkitaga yetkazdi — 2:0.
62-daqiqada Sevilla o‘yinga qaytdi: Osodan uzatma, Aleksis Sanchesning boshi bilan yo‘llagan zarbasi — 2:1. Keyin Akor Adams xavfli zarba berdi, biroq darvozabon jamoasini qutqarib qoldi.
O‘yin taqdirini 85-daqiqadagi hujum hal qildi: Djibril Sou pasidan keyin Isaak Romero Bernal gol urib, Sevilyaga durangni olib berdi — 2:2. Oradan ko‘p o‘tmay Abde Ez jamoasiga g‘alaba keltirishi mumkin edi, ammo uning zarbasi ustunga tegdi.
Durangdan so‘ng Betis turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda, Sevilla esa 11-pog‘onani bo‘lishib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!