Brunu Fernandesh Bekhem rekordini ortda qoldirdi

"Manchester Yunayted" navbatdagi uchrashuvda ham xarakter ko'rsatib, "Kristal Pelas" ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Jamoaning yetakchilaridan Brunu Fernandesh yana yorqin o'yin namoyish etib, bir gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik yarim himoyachi uchun bu Angliya chempionatida "MYU" safidagi 18-uchrashuv bo'ldi: u o'sha o'yinlarda ham gol urib, ham assist qayd etishga ulgurdi. Shu tariqa Fernandesh ushbu ko'rsatkich bo'yicha klub afsonasi Devid Bekhemni ortda qoldirdi — Bekhemda bunday o'yinlar soni 17 ta edi.
Bu ro'yxatda hozircha faqat ikki futbolchi oldinda: Ueyn Runi faoliyatida 35 ta shunday o'yin o'tkazgan, Rayan Giggs esa "Manchester Yunayted"dagi faoliyati davomida 22 bor gol+assist bilan ajralib turgan. Fernandesh esa yuqori darajada atigi oltinchi mavsumini o'tkazayotganiga qaramay, tarixiy natijalarga yaqinlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!