Bavariya direktori Chempionlar ligasi qurasi haqida gapirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh direktori Yan-Kristian Drizen Chempionlar ligasidagi quradan keyin jamoa ogir tomonga tushib qolganini izohladi. Nemis grandi «Atalanta»dan otsa, keyingi bosqichda «Real» – «Manchester Siti» juftligi gʻolibiga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Drizenning aytishicha, turnir setkasining ong tomoni nisbatan yengilroq korinadi va chap tarafga tushganidan xursandmiz, deb aytishga hech kim ishonmaydi. Shunga qaramay, u kuchli raqiblarga qarshi oson bo‘lmagan oyinlar o‘tkazish ham foydali tajriba berishini taʼkidladi.
«Hozir butun etiborimiz faqat “Atalanta”da. Ularning “Borussiya”ga qarshi uchrashuvidan keyin bu jamoaga jiddiy yondashish kerakligini kordik. Ular Yevropa ligasini ham yutgan, finalda “Bayer”ni maglub etgan. Demak, bu umuman nomaʼlum jamoa emas. Avval “Atalanta”, keyin qolganiga qaraymiz», — deya Drizenning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Ilk uchrashuvda «Atalanta» 10 mart kuni «Bayer»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!