Serxi Roberto Barselonadagi sardorlarning xarakterini yuksak baholadi

“Barselona”ning sobiq futbolchisi Serxi Roberto hozir Italiyada “Komo” safida o‘ynamoqda va kataloniyaliklar jamoasidagi sardorlar haqiqiy yetakchi ekaniga shubha qilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
34 yoshli ispaniyalik futbolchi 2024 yilda klubni tark etishidan avval “Barselona”da sardorlik bog‘ichini ham taqqan.
“Barselonada xarakteri juda kuchli, maydonda eng yuqori darajada o‘zini ko‘rsata oladigan zo‘r sardorlar bor. Qiyin pallalarda chinakam yaxshi futbolchilarning sifati bilinadi. Men ‘Barsa’dan shubhalanmayman: o‘yinchilarda xarakter borligini ko‘ryapman va ular maydonda bor kuchini berishiga ishonaman”, — dedi Roberto.
Seshanba kuni “Barselona” Ispaniya kubogi yarim final javob uchrashuvida o‘z maydonida “Atletiko”ni qabul qiladi. Birinchi o‘yinda Madridda Xans-Diter Flik jamoasi 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!