date

"Real" Allegrini olib kelish uchun uchinchi marta harakatga tushdi

"Real" Allegrini olib kelish uchun uchinchi marta harakatga tushdi

Madridning “Real” klubi bosh murabbiylik masalasida navbatdagi yirik qadamga tayyorlanayotgan ko‘rinadi. Xabarlarga ko‘ra, “qirollik klubi” ayni damda “Milan”ni boshqarayotgan italiyalik taniqli mutaxassis Massimiliano Allegrini jamoa ruliga olib kelish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Italiyaning nufuzli “Corriere dello Sport” nashri ma’lum qilishicha, bu yozda madridliklar tajribali murabbiy uchun yana bir bor urinib ko‘rishi mumkin. Gap shundaki, “Real” Allegrini avval ham yuqori baholagan: 2019 va 2021-yillarda uni qo‘lga kiritishga juda yaqin kelgan, ammo ish oxirigacha yetib bormagan.

Klub prezidenti Florentino Peres esa hozirgi vaziyatda aynan “sinovdan o‘tgan”, katta bosimda ishlay oladigan, sovrinli tajribaga ega murabbiyga tayanishni ma’qul ko‘rayotgani aytilmoqda. Ya’ni “Real” uchun bu — navbatdagi eksperiment emas, balki tayyor natija bera oladigan “og‘ir vazn” mutaxassisni topish maqsadi.

Biroq Allegrini Madridga ko‘chirish oson kechmasligi aniq. Mutaxassisning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Manba qayd etishicha, toskanalik murabbiy hozirgi ishidan rozi: u “Milan”dagi faoliyatidan zavq olayapti, klubga qaytganidan mamnun, shahar ham, muhit ham unga mos kelmoqda. Qisqasi, Allegri o‘zini Milanda ancha erkin va qulay his qilayotgani ta’kidlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti ketganidan keyin hozirda “Real”ni vaqtinchalik Alvaro Arbeloa boshqarib bormoqda. Shu bois klub yozda katta qaror qabul qilishi ehtimoli yuqori — va Allegri nomzodi aynan shu ssenariyda yana bir bor birinchi planga chiqyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Real" Allegrini olib kelish uchun uchinchi marta harakatga tushdi