«Buxoro» Toshkentda «Navbahor»ni qanday mag‘lubiyatga uchratdi? (video)

Superliganing 2-turida «Buxoro» Toshkentda «Navbahor»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni 73-daqiqada Velko Filipovich urdi. Aleksandr Xomyakov boshqarayotgan jamoa shu tariqa muhim uch ochkoni qo'lga kiritdi.
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan qiziqarli bahslardan birida «Navbahor» Toshkentda «Buxoro» jamoasini qabul qildi. Uchrashuv kurashlarga boy, tarang va ehtiyotkor ruhda o‘tdi. Maydonda har ikki jamoa ham ochko uchun qattiq bellashgan bo‘lsa-da, yakunda omad va aniqlik mehmonlar tomonida bo‘ldi.
Bahs 1:0 hisobida Aleksandr Xomyakov boshqarayotgan jamoaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 73-daqiqada urilib, unga Velko Filipovich mualliflik qildi.
Superliga 2-tur
Navbahor — Buxoro 0:1
Gol: Velko Filipovich, 73































Izohlar 0
…