date

Fayzullayev va Shomurodovning bugungi o‘yini qanday baholandi?

Fayzullayev va Shomurodovning bugungi o‘yini qanday baholandi?

Turkiya Superligasining 25 turida "Istanbul Bashakshehir" jamoasi o'z maydonida "Gyoztepe" klubini qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Ushbu o'yinda o'zbekistonlik legionerlar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev ham ishtirok etdi.

Milliy terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov uchrashuvni to'liq maydonda o'tkazgan bo'lsa, 22 yoshli iqtidorli hujumchimiz Abbosbek Fayzullaev ikkinchi bo'lim boshida zaxiraga olindi. E'tiborli tomoni shundaki, Fayzullaev jamoasining dastlabki goliga hammualliflik qilib, o'z hisobiga assist yozdirib qo'yishga erishdi.

Uchrashuv yakunlangach, nufuzli sport tahlil portallari hamyurtlarimizning harakatlarini turlicha baholadi. Xususan, Fotmob nashri Abbosbekka 7.1 ball, Eldorga esa 6.8 ball berdi. Sofascore portali mutaxassislari esa buning aksini qayd etib, Fayzullaevni 6.8 ballga, Shomurodovni 7.1 ballga loyiq ko'rdi.

Yana bir mashhur statistika sayti Flashscore o'zbekistonlik yosh hujumchining o'yiniga yuqori baho berib, unga 7.3 ball qo'ydi. Tajribali hujumchimiz Shomurodovning harakatlari esa ushbu portal tomonidan 6.1 ball bilan baholandi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, "Istanbul Bashakshehir" o'zining navbatdagi uchrashuvini 14 mart kuni Turkiyaning kuchli jamoalaridan biri "Galatasaray" klubiga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fayzullayev va Shomurodovning bugungi o‘yini qanday baholandi?