date

Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytish arafasida

Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytish arafasida

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi. Ro'yxatdan joy olgan yulduzli hujumchi Neymar uchun bu mundialga borish yo'lida so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin. Hozirda "Santos" sharafini himoya qilayotgan futbolchi jismoniy holatini tiklash va murabbiy ishonchini oqlash uchun bor kuchini ishga solmoqda. Bu haqda goal.com xabar beradi.

Neymar yuklamalarni nazorat qilish maqsadida navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu esa uning "Korintians"ga qarshi bahsda o'zini ko'rsatishini taqozo etadi. Anchelotti va Braziliya futbol federatsiyasi vakillari aynan shu uchrashuvda futbolchining o'yinini yaqindan kuzatishadi. Agar Neymar o'zini ko'rsata olsa, u yakuniy tarkibdan joy olishi mumkin.


Tarkibdagi yangiliklar faqat Neymar bilan cheklanib qolmaydi. "Lion" safida porlayotgan yosh iqtidor egasi Endrik ham terma jamoa murabbiylari e'tiborida. U Fransiyada o'tkazgan 10 ta o'yinda 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uzoq vaqt jarohat sabab safdan chiqqan "Yuventus" himoyachisi Bremer ham qaydnomaga kiritildi.

Braziliya hujum chizig'idagi muammolar "Real Madrid" vingeri Rodrigo jarohat olganidan so'ng yanada kuchaydi. Neymar o'zining "ukasi" deb atagan jamoadoshiga dalda berib, uning tezroq safga qaytishini tiladi. Endilikda murabbiylar shtabi Rodrigoning yo'qligida hujum chizig'ini qayta shakllantirish va yangi taktik yechimlarni topish ustida ishlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Neymar Braziliya terma jamoasiga qaytish arafasida