Yamal Barselonani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi ilk uchrashuvida “Nyukasl Yunayted” va “Barselona” 1:1 hisobida durang o'ynadi. Xarvi Barns 86-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, Lamin Yamal hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtning oltinchi daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi. “Nyukasl” zarbalar va burchak to'plari bo'yicha ustunlik qilgan, biroq javob uchrashuvi oldidan jamoalarning imkoniyatlari teng bo'lib turibdi.
UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi ilk uchrashuvida Angliyaning "Nyukasl Yunayted" klubi o‘z maydonida Ispaniyaning "Barselona" jamoasini qabul qildi. "Sent-Jeyms Park" stadionida kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Uchrashuvning 86-daqiqasida Xarvi Barns mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning oltinchi daqiqasida Lamin Yamal penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, "Nyukasl" raqib darvozasi tomon 16 bor zarba yo‘llagan bo‘lsa, shulardan 5 tasi aniq chiqqan. "Barselona" esa 10 ta zarbadan 3 tasini darvoza sohasiga yo‘naltirgan. To‘p nazorati bo‘yicha mezbonlar biroz ustunlik qilishdi (51 foizga 49 foiz). Shuningdek, burchak zarbalari soni bo‘yicha ham ingliz klubi yaqqol ustunlikka ega bo‘ldi (9 ga 4). Javob uchrashuvi oldidan jamoalarning imkoniyatlari teng bo‘lib turibdi.































Izohlar 0
…