date

Shmeyxel Tudorning qarorini keskin tanqid qildi

Shmeyxel Tudorning qarorini keskin tanqid qildi

Chempionlar ligasining nimchorak finalida "Atletiko Madrid" va "Tottenham" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv kutilmagan voqealarga boy bo'ldi. O'yinning dastlabki daqiqalaridayoq ingliz klubi darvozasiga uchta to'p kiritildi. Ushbu holatdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Igor Tudor kutilmagan qarorga keldi. Bu haqda goal.com xabar beradi.

"Tottenham" darvozaboni Antonin Kinskiy so'nggi bor oktyabr oyida maydonga tushgan edi. Oradan qariyb olti oy o'tib, u Chempionlar ligasi doirasidagi muhim bahsda asosiy tarkibda maydonga qaytdi. Biroq uning qaytishi omadsiz yakunlandi. Markos Lorente, Antuan Grizmann va Xulian Alvares tomonidan kiritilgan gollar evaziga Diyego Simeone shogirdlari 15 daqiqa ichida 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Uchinchi goldan ikki daqiqa o'tib, ko'z yoshlarini tiya olmagan Kinskiy zaxiraga olindi. Uning o'rniga oktyabr oyidan beri barcha o'yinlarda qatnashib kelayotgan Gulyelmo Vikario maydonga tushirildi.

Ushbu vaziyat yuzasidan "Manchester Yunayted" klubining sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel o'z fikrini bildirib o'tdi. U Igor Tudorning 17 daqiqadayoq darvozabonni almashtirish qarorini keskin tanqid qildi.

"Kelajakda uning ismi tilga olinganda, butun futbol ommasi aynan shu vaziyatni eslaydi. Uni hech bo'lmaganda tanaffusgacha qo'llab-quvvatlash kerak edi. Tudor uning faoliyatini butunlay barbod qildi. Men darvozabonga chin dildan achinaman", — dedi Shmeyxel CBS Sports telekanaliga bergan intervyusida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shmeyxel Tudorning qarorini keskin tanqid qildi