date

Yurgen Klopp “Real”ni boshqarishi haqidagi xabarlar bo‘yicha bayonot berdi

Yurgen Klopp “Real”ni boshqarishi haqidagi xabarlar bo‘yicha bayonot berdi

“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Madridning “Real” klubini boshqarishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi. Germaniyalik mutaxassis 2023-2024 yilgi mavsum oxirida “Liverpul”ni tark etgan va hozirda Red Bull korporatsiyasi tizimida global futbol bo‘yicha rahbarlik vazifasini bajarmoqda.

Kloppning ta’kidlashicha, “Agar “Real Madrid” rahbarlari haqiqatan ham qo‘ng‘iroq qilganida, biz bu haqda allaqachon xabar topgan bo‘lardik. Bu xabarlar esa to‘liq safsata. Ular biror marta ham menga yoki agentimga qo‘ng‘iroq qilmadi”, — dedi mutaxassis.

Shu bilan birga, u kelajakda murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkinligini umuman istisno qilmadi. “Hozir bu haqda o‘ylamayapman va hech qanday rejam yo‘q. Ha, yoshim ancha katta, lekin murabbiy sifatida hali o‘z faoliyatimni tugatganim yo‘q. Kim biladi, kelajakda nima bo‘lishini? Lekin hozircha hech qanday reja yo‘q”, — dedi Klopp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kloppning “Liverpul”ga qaytishi mumkinligi haqida ham gap-so‘zlar tarqalgan edi, bu esa uning o‘rnini egallagan Arne Slotning faoliyatidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp “Real”ni boshqarishi haqidagi xabarlar bo‘yicha bayonot berdi