
Bu tur 8ta o‘yinni ko‘rish uchun 37899 nafar tomoshabin keldi. O‘rtacha har bir o‘yinga 4737 nafar muxlis to‘g‘ri keladi, deb xabar berdi «Championat.asia».
Eng ko‘p muxlis Samarqandda "Dinamo" - "Navbahor" uchrashuviga keldi - 13105. Bu o‘yinga kira olmay stadion tashqarisida ham qolib ketgani haqida ma’lumotlar bor.
Navoiydagi "Qizilqum" - "Buxoro" bahsiga ham 10 mingdan ziyod tomoshabin keldi.
Eng kam tomoshabin esa Toshkentdagi "Obod" - "Bunyodkor" uchrashuviga tashrif buyurdi - 721.

4-tur. 30 mart (payshanba)
«Dinamo» (Samarqand) – «Navbahor» (Namangan) – 0:1.13105 tomoshabin.
«Qizilqum» (Navoiy) – «Buxoro» (Buxoro) – 0:1. 10103 tomoshabin.
«Neftchi» (Farg‘ona) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 1:2. 4263 tomoshabin.
«Nasaf» (Qarshi) – «So‘g‘diyona» (Jizzax)– 4:0. 4122 tomoshabin.
«Mash’al» (Muborak) – «Paxtakor» (Toshkent)– 3:0. 3447 tomoshabin.
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 5:0. 1252 tomoshabin.
«Metallurg» (Bekobod) – «Sho‘rtan» (G‘uzor)– 4:2. 936 tomoshabin.
«Obod» (Toshkent) – «Bunyodkor» (Toshkent)– 1:1. 721 tomoshabin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar