Ronaldu arab kubogi bahsiga izoh bildirdi: “Qabul qilish — fazilat”

Krishtianu Ronaldu o‘zining fanatlar sahifasida Arab chempionlar kubogi haqida qilingan postga izoh qoldirdi. Unda ushbu musobaqa va undagi gollar atrofidagi muhokamalar yana bir bor jonlandi.
cr7historical nomli fan-akkaunt “Al Nasr” klubi 2023 yilda g‘olib chiqqan Arab chempionlar kubogini rasmiy turnir sifatida talqin qilib, Ronalduning ushbu musobaqada kiritgan gollari uning umumiy statistikasidan chiqarib tashlanmasligini taʼkidlagan.
Postda, shuningdek, “FIFA boshidanoq ushbu sovrinni rasmiy turnir sifatida tan olgan. Demak, bu musobaqadagi titul ham, Ronalduning gollari ham uning professional faoliyati statistikasiga qo‘shiladi. Uning 967 ta golidan birortasi ham o‘chirilmaydi”, degan fikr bildirilgan.
Ronaldu esa bu muhokamaga qisqa va aniq javob berib, postga “Qabul qilish — fazilat” deb izoh qoldirdi.
Maʼlumot uchun, Arab chempionlar kubogi doimiy ravishda o‘tkazilmaydigan, ko‘proq xalqaro o‘rtoqlik turniri maqomiga ega musobaqa sifatida baholanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!